«O’zbekistonning iqtisodiy va savdo salohiyati» anjumanida to’qimachilik sanoati salohiyati taqdim etildi»

O’zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda «O’zbekistonning iqtisodiy va savdo salohiyati»mavzuida taqdimot tashkil etdi.

Tadbirda Isroil savdo-sanoat palatasining vitse-Prezidenti Ziiv Lavi va mamlakat biznes hamjamiyati vakillari Isroil tomoni nomidan ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasining Isroildagi elchisi mamlakatlarimizning hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ulkan salohiyat va o’zaro qiziqish borligini ta’kidladi. Shu bilan birga, ikki tomonlama tovar aylanmasining mavjud ko’rsatkichlari ushbu salohiyatga mos kelmasligi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida «Uztextilprom» uyushmasi vakillari chiqish qilib, unda Isroil tomoni O’zbekiston to’qimachilik sanoati salohiyati va sohani yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.

Soha vakillarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Isroil kompaniyalari sarmoyalari ishtirokida respublikada qo’shma loyihalarni amalga oshirish va mahalliy to’qimachilik mahsulotlarini Isroilga eksport qilish hajmini kengaytirish uchun tayyorligi alohida ta’kidlandi.

Tomonlar tashabbuskor muloqotni davom ettirish va o’zaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, to’qimachilik sohasida rivojlantirish uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Похожие записи