«O’zbekistonning iqtisodiy va savdo salohiyati» anjumanida to’qimachilik sanoati salohiyati taqdim etildi»
O’zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda «O’zbekistonning iqtisodiy va savdo salohiyati»mavzuida taqdimot tashkil etdi. Tadbirda Isroil savdo-sanoat palatasining vitse-Prezidenti Ziiv Lavi va mamlakat biznes hamjamiyati vakillari Isroil tomoni nomidan ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasining Isroildagi elchisi mamlakatlarimizning hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ulkan salohiyat va o’zaro qiziqish borligini ta’kidladi. Shu bilan birga, ikki tomonlama…